USTOZ VA MURABBIYLAR — YUKSAK EHTIROM VA E’ZOZDA
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Baxromov Bekzod Baxromovich Chilonzor tumanida joylashgan Usta Olim Komilov nomidagi 8-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida maktab direktori Azimova Gulnora Sabirovna bilan uchrashib, uni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi hamda ustozning ta’lim va tarbiya sohasidagi samarali mehnatini e’tirof etgan holda esdalik sovg‘asini topshirdi.
Uchrashuv davomida ustoz va murabbiylarning yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish borasidagi mas’uliyatli faoliyati alohida ta’kidlandi.
Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha soha fidoyilariga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Foto va Video
play_arrow
0:00 / 0:00